- 3 ta majburiyga - 60 daqiqa;
- 2 ta mutaxassislikka - 120 daqiqa.
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha fan uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.