Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, «Shaxsiy kabinet»iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.
Kirish imtihonlari bir bosqichda yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Aniq fanlar yo‘nalishi uchun:
- matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida);
- ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida);
Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun:
- tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida);
- ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
2023-2024 o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
- Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.