2024-yil 23-iyun kuni tasdiqlangan kelishuvga muvofiq, kirish imtihonlari sanalari e’lon qilindi:
- prezident maktablarining saralash imtihoni – 6-iyulda;
- ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni – 9-iyulda;
- Al-Xorazmiy va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni – 10-12-iyul kunlari;
- prezident maktablarining asosiy imtihoni – 25-iyulda.
Bundan tashqari, yuqori sinflar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari 6-10-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Barcha imtihonlar uchun ruxsatnomalar imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorlarga shaxsiy kabinetlari orqali taqdim etiladi. Shuningdek, bu haqda telefon raqamlariga SMS-xabarnoma ham yuboriladi.
Ruxsatnomalar taxminan 2-3-iyul kunlari shaxsiy kabinetlarda e’lon qilinadi.