Talabalarga yotoq joy berila boshlandi


Ayni paytda «Tashkent index» hududida mavjud ehtiyoj uchun qariyb 3 ming o‘rinli joy hozirlanib, ugun ularga 600 dan ortiq talaba-qiz joylashtirilgan.

Talaba-qizlar va ularning yaqinlari dastlab majmuadagi shart-sharoitni ko‘zdan kechirib, yaratilgan imkoniyatdan mamnunligini bildirishgan.

Ehtiyojdan kelib chiqib, yotoq o‘rinlarni oshirish va ularga talabalarni joylashtirish ishlari davom ettiriladi, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Tashkent index» savdo majmuasida talabalar uchun 10 ming o‘ringa yotoq joy tayyorlanayotgani xabar qilingandi.