Talabalar turar joyiga onlayn joylashish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi


Yangi o‘quv yilidan 1-bosqich talabalari yotoqxonalarga joylashish uchun onlayn ariza berishi mumkin.

2023-2024 o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishi mumkin.

Ushbu xizmat 2023 yil Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori Nizomga muvofiq ishga tushirildi.

Muhim eslatma: mazkur xizmatdan 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilingandan so‘ng foydalanish mumkin. Chunki platformada 1-bosqich talabalari haqidagi ma’lumotlar 2023 yil qabul parametrlariga muvofiq mandat natijalari asosida yangilanadi.