Oliy ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq ayrim muammolar ochiqlandi
Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasida aytilishicha, so‘nggi ikki yilda bir qator yangi mahalliy va xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining tashkil etilishi natijasida oliy ta'lim tashkilotlariga qabul qilinayotganlar soni 20 foizga yetkazildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 95 ta mahalliy va 21 ta xorijiy – jami 116 ta oliy ta'lim muassasasi faoliyat olib bormoqda.