Abituriyent birinchi tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha talabalikka tavsiya etilsa, keyingi yo‘nalishlarda tanlovlarda ishtirok eta olmaydi, shu bois yo‘nalishni tanlaganda bunga alohida e’tibor berish tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot
Test sinovlari natijalari bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazishning umumiy tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
✅abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan ikkinchi va uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
✅abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi. Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
✅abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi va ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari faqat uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi;
Jarayon shu tariqa 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ham amalga oshiriladi.