Qo‘shimcha qabul haqida bilishingiz kerak bo‘lgan asosiy jihatlar


Magistraturaga kirish jarayoni har yili ko‘plab savollarni tug‘diradi. Ayniqsa, qo‘shimcha qabul, kontrakt summalari, grant taqsimoti va xotin-qizlarga beriladigan imtiyozlar abituriyentlarni qiziqtiradigan eng muhim mavzular sirasiga kiradi. Ushbu maqolada siz magistraturaga oid qo‘shimcha qabul jarayoni, kontrakt to‘lovlari va mavjud imkoniyatlar haqida eng ko‘p beriladigan savollarga aniq javoblarni topasiz.

Joriy yilda ham kontraktga kirgan qizlarga davlat byudjetidan to‘lov-kontrakt summasi qoplab beriladi. Buning uchun 30-sentyabrgacha ariza berish kerak.

Joriy yildan ilk marta magistraturalarda kechki va masofaviy ta’lim shakli ham ochildi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi.

Magistraturada joriy yilda ham qo‘shimcha qabul ochilgan, buning uchun hujjat topshirilgan oliygohga murojaat qilish kerak. Qo‘shimcha qabul degani, bu davlat tomonidan super-kontrakt kvotasi ajratilmaydi, ya’ni kira olmaganlarga uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirgan 1 nafar talabani o‘qitishning real xarajat summasini to‘lasa kifoya.

Bu nima degani?

Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15–25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik solishi deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatlardan pastroq qilib belgilaydi. Qo‘shimcha qabulda esa o‘quv xarajati talabaning zimmasiga tushadi, qo‘llan zararni qoplash uchun oliygohlar real xarajat miqdorini oladi.

Agar joriy yilda magistraturaga kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kontraktga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavriatda super-kontraktga o‘xshab, 5 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q.

Qo‘shimcha qabulga kirganlar real xarajat miqdoridagi kontraktni 2 yil davomida to‘laydi. Xuddi bakalavrga o‘xshab, faqat bir yil super-kontrakt to‘lab, ikkinchi kursdan oddiy kontraktga o‘tish degan narsa yo‘q.

Qo‘shimcha qabulga kirganlar grant taqsimotida ishtirok etishi mumkin, agar natijasi yaxshi bo‘lsa, 2-kursda grantga o‘tadi.

Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Lekin xotin-qizlar grant taqsimotida qatnashib, grantga o‘tsa, unda davlat grant ajratadi, to‘liq o‘qitadi. Ammo grantga o‘tolmasa, real kontraktini o‘zi to‘lashi kerak bo‘ladi, unda davlat byudjetidan qoplab berilmaydi. Magistraturaga oddiy kontraktga kirgan xotin-qizlarga kontrakt puli byudjetdan qoplab berilishini yuqorida aytdik.

Qo‘shimcha qabulda kirish uchun ham talab darajasidagi sertifikat bo‘lishi shart. Qo‘shimcha qabul – bu keyinchalik sertifikatsiz bo‘lishni emas; har bir sertifikatsiz talabalarini qabul qilish belgilanmagan.

Joriy yilda magistratura uchun qishki qabul rejalashtirilmagan.