Magistraturaga kirishni rejalashtirgan xotin-qizlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi. Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, kontrakt to‘lovini davlat byudjeti hisobidan qoplatish uchun ariza topshirish muddati aynan bugun yakunlanadi. Ushbu imkoniyatdan foydalanishni xohlovchi abituriyentlar belgilangan tartibda murojaat qilishlari kerak.
Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari tasdiqlandi. 2025/2026-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklariga umumiy qabul parametrlari quyidagicha belgilandi:
-
Kunduzgi ta’lim shakliga – 16 286 nafar
-
Kechki ta’lim shakliga – 657 nafar
-
Masofaviy ta’lim shakliga – 335 nafar
Shuningdek, qo‘shimcha imtiyoz bilan qabul parametrlari:
-
Kunduzgi ta’lim shakliga – 987 nafar
-
Kechki ta’lim shakliga – 7 nafar
-
Masofaviy ta’lim shakliga – 4 nafar
Bu raqamlar asosida qabul qilingan abituriyentlar tegishli ta’lim shakllariga joylashtirildi.
Muhim eslatma: Magistraturaga tavsiya etilgan va bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat byudjeti hisobidan qoplash uchun 2025-yil 30-sentyabr (shu jumladan bugun) — so‘nggi muddat sifatida belgilandi.