Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestrda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritildi.
Yangi tartibga ko‘ra, endilikda qishki “perevod” jarayoni doimiy ravishda har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha, shu jumladan 20-yanvar kuni ham davom etadi.
Ariza topshirish tartibi
Respublika hududidagi bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish yoki o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar faqat ikki turdagi uzrli sabab asosida qabul qilinadi. Arizalar quyidagi elektron platformalar orqali onlayn shaklda topshiriladi:
-
transfer.edu.uz portali orqali
-
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali
Talab etiladigan hujjatlar:
-
akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi
-
o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar
Muhim eslatmalar:
-
Bahorgi semestr boshlanishidan oldin bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga “o‘qishni ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi.
-
Ariza topshirish jarayonida kiritilayotgan barcha ma’lumotlar hamda yuklanayotgan hujjatlarni yuborishdan oldin sinchkovlik bilan tekshirib chiqish zarur.
-
Ariza yuborilgandan so‘ng uni tahrirlash yoki o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.
Arizalarni ko‘rib chiqish muddati
Topshirilgan arizalar oliy ta’lim muassasalari, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, qabul qilingan qarorlar talabgorlarga belgilangan tartibda yetkaziladi.
Ma’lumot uchun
O‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi faqat ikki turdagi uzrli sabab mavjud:
-
talaba oila qurganligi sababli turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagi
-
davlat organlari xodimlarining ish joyi o‘zgargan taqdirda, ularning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini ko‘chirish holatlari
-
bu holatda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiyasi talab etiladi
-