JAVOB: Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan 20-yanvargacha (shu kuni ham) davom etadi.
Qishki o‘qishni ko‘chirishda qaysi hollarda o‘qishimni ko‘chira olaman?
O‘zbekistondagi bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga faqat 2 holatda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.
- talaba oila qurganda va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lganda;
- davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chganda va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lganda (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun qanday ariza topshiraman?
Qishki o‘qishni ko‘chirish arizalarini vazirlikning transfer.edu.uz platformasi yoki Hududiy ishchi guruhlar orqali topshirish mumkin.