3 iyun 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.
Nizomga muvofiq Oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlari Davlat test markazi tomonidan har yili 5 iyulda o‘tkaziladi.
Shuningdek nizom bilan oliy harbiy ta’lim muassasalari ro‘yxati belgilab berilgan. Xususan:
Mudofaa vazirligi tarkibidagi oliy harbiy o‘quv yurtlari
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi;
- Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
- Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
- Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti;
- Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti;
Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi oliy harbiy o‘quv yurtlari
- Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;
- Harbiy-texnika instituti;
- Yong‘in xavfsizligi instituti.
Davlat xavfsizlik xizmati tarkibidagi oliy harbiy o‘quv yurtlari
- Milliy xavfsizlik xizmati instituti.
Davlat bojxona qo‘mitasi tarkibidagi oliy harbiy o‘quv yurtlari
- Oliy harbiy bojxona instituti.
Manba: @xuquqiyaxborot