Harbiylarning farzandlariga berilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota uchun o‘tish ballari (2025 yil)


Mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.

Shuningdek, ushbu qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi taʼlim uchun taalluqli.

2025/2026 oquv yili uchun otkazilgan test sinoblari natijalariga asosan har bir harbiy tashkilot uchun ajratilgan kvotalar soni va grantga o‘tish bali bo‘yicha to‘liq ro‘yxat quyida jadval ko‘rinishida shakllantirilgan.

1. Umumiy ko‘rsatkichlar

  • Jami kvota: 2 485 o‘rin

  • Eng katta kvota: Mudofaa vazirligi – 789 o‘rin (31.75%)

  • Eng kichik kvota: Harbiy prokuratura – 9 o‘rin (0.36%)

2. Eng yuqori va past ball chegaralari

  • Eng yuqori o‘tish balli: Harbiy prokuratura xodimlari farzandlari – 139 ball

  • Eng past o‘tish balli: Ichki ishlar vazirligi xodimlari farzandlari– 68.1 ball

3. Ball va kvota o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik

  • Katta kvotali idoralarda ball chegarasi pastroq (masalan, Milliy gvardiya – 710 kvota, 71.4 ball).

  • Kichik kvotali idoralarda ball chegarasi yuqori (masalan, Harbiy prokuratura – 9 kvota, 139 ball).

  • Bu holat talab va taklif nisbatini aniq ko‘rsatadi: kvota kamaygan sari raqobat kuchayadi.

Bu yerda faqat tashkilotlar nomi va o‘tish bali bor ekan, lekin na OTMlar, na yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Mudofaa vazirligiga 789 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 2100 tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas.

Xullas, tanlagan OTMdan qatʼi nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2100 nafar harbiylarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 789 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kirdi. Qolgan 1311 nafar abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashdi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirgan bo‘lishlari mumkin.

Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.