Qancha abituriyent bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tdi


Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 357 424 nafar.

  • Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
  1. O‘zbek tili — 308 524 nafar;
  2. Rus tili — 40 290 nafar;
  3. Qoraqalpoq tili — 7 376 nafar;
  4. Boshqa tillar — 1 234 nafar.
  • Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
  1. Kunduzgi ta’lim shakli — 239 777 nafar;
  2. Kechki ta’lim shakli — 9 303 nafar;
  3. Sirtqi ta’lim shakli — 105 627 nafar;
  4. Masofaviy ta’lim shakli — 2 717 nafar.
  • Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
  1. O‘zbekiston milliy universiteti — 13 827 nafar;
  2. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 12 083 nafar;
  3. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 11 113 nafar;
  4. Toshkent davlat pedagogika universiteti — 11 021 nafar;
  5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 10 782 nafar.
  • Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:
  1. Samarqand viloyati — 43 728 nafar;
  2. Qashqadaryo viloyati — 37 760 nafar;
  3. Toshkent viloyati — 33 548 nafar;
  4. Farg‘ona viloyati — 32 775 nafar;
  5. Andijon viloyati — 32 748 nafar.

Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.