Qabul komissiyasi harbiy xizmatni kechiktirish haqidagi ma'lumotnoma (отсрочка) so`rashga haqlimi?


So`ngi kunlarda abituriyentlardan kelayotgan ko`p sonli murojaatlarda shu narsa ko`zga tashlanmoqdaki, ko`pgina oliygohlardagi qabul komissiyalari tomonidan abituriyentlardan harbiy xizmatni kechiktirish haqidagi ma'lumotnoma (отсрочка) (odatda harbiy hujjatga (прописной) shu haqida muhr bosiladi) talab qilinmoqda.
ABT.UZ sayti ma'muriyati shu masalada Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilib (2460195), shu holat bo`yicha murojat qildi. Ishonch telefoni orqali berilgan javob quyidagicha: "Abituriyentlardan hujjat qabul qilishda qabul komissiyasi harbiy xizmatni kechiktirish haqida hech qanday ma'lumotnoma (отсрочка) talab etishga HAQLI EMAS. Hattoki abituriyent bir necha yil oldin o`qishni (maktab, litsey, kollej) tamomlagan bo`lsa ham".

Bundan ko`rinib turibdiki, abituriyent hujjat topshirayotganda harbiy hujjatni (прописной) ko`rsatadi, harbiy xizmatni kechiktirish haqidagi ma'lumotnoma (отсрочка) shart emas!!!

Hurmatli abituriyentlar, agarda siz ham shunday muammo duch kelsangiz, Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining ishonch telefonlariga qo`ng`iroq qiling:

1006

2460195 (Devonxona)

2463855 (Qabul bo`yicha asosiy telefon raqami)