Qabul hujjatlar to'plami


Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3.5×4.5 sm o’lchamdagi 6 dona fotosurat;
  • maxsus sirtqi boʻlim abituriyentlari uchun mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma.
  • papka (скоросшиватель) 1 dona, konvert 1 dona

Shuningdek, ayrim abituriyentlar uchun quyidagi hujjatlar ham zarur:

  • Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va I guruh koʻzi ojiz nogironlar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
  • Tanlovdan tashqari oʻqishga kirish huquqiga ega boʻlgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Abiturient hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.

TOPSHIRILMAYDI!!!

Ushbu hujjatlar qabul nizomida ko‘rsatilmagan va qabul komissiyasiga topshirilmaydi, asossiz mish-mishlar va ko‘cha gaplariga ishonib vaqtingizni behuda sarflamang!

- O‘rta-maxsus diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi (Batafsil bu sahifada o‘qing)
- Harbiy xizmatni kechiktirish haqidagi ma'lumotnoma (отсрочка) (Batafsil bu sahifada o‘qing)
- Mahalladan ma'lumotnoma (spravka)
- Hujjat topshirish BEPUL!!! Hech qanaqa to‘lovlar amalga oshirilmaydi.

Agarda hujjat topshirish jarayonida yuqorida belgilangan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlar sizdan talab etilsa yoki qandaydir qoidabuzarlik sodir etilyabdi deb hisoblasangiz holat bo‘yicha quyidagi ishonch telefonlariga joyida telefon qiling:

Ishonch telefonlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi: 1006 yoki 0 (371) 246-01-95, 0 (371) 246-37-12
Davlat test markazi: 0 (371) 235-19-14, 0 (371) 235-56-45