Sizni intizomli muhit, aniq tartib, kuchli jamoa va mas’uliyatli kasb qiziqtiradimi? Kelajakda odamlar hayotini saqlab qoladigan, xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qiladigan mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi?
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi sizga aynan shunday yo‘lni ochadi.
FVV Akademiyasiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar uchun qabul talablari va saralash tartibi quyidagicha:
1. ASOSIY TALAB
-
Nomzodlarning bo‘yi 165 smdan yuqori bo‘lishi shart.
2. YOSH CHEGARASI
Quyidagi toifadagi fuqarolar hujjat topshirishi mumkin:
-
17 yoshdan 23 yoshgacha, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 17 yoshga to‘ladigan fuqarolar;
-
18 yoshdan 25 yoshgacha, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 18 yoshga to‘ladigan, ofitser unvoniga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar;
-
26 yoshgacha bo‘lgan va Akademiyada o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari.
3. TA’LIM YO‘NALISHLARI
Akademiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
-
Yong‘in xavfsizligi
-
Texnosfera xavfsizligi
4. NOMZODLARNI SARALASH BOSQICHLARI
Saralash tadbirlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich:
-
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
-
yakka tartibdagi suhbat;
-
birlamchi tibbiy ko‘rik.
Ikkinchi bosqich:
-
individual-psixologik o‘rganish;
-
jismoniy tayyorgarlikni baholash;
-
yakuniy tibbiy ko‘rik.
5. YAKUNIY TEST SINOVLARI
Majburiy fanlar:
-
Ona tili va adabiyot – 15 ta savol, har biri 2,1 balldan
-
Matematika – 15 ta savol, har biri 2,1 balldan
-
O‘zbekiston tarixi – 15 ta savol, har biri 2,1 balldan
Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar:
-
Matematika – 30 ta savol, har biri 3,1 balldan
-
Fizika – 30 ta savol, har biri 3,1 balldan
6. JISMONIY TAYYORGARLIK ME’YORLARI
Turnik:
-
12 – a’lo
-
10 – yaxshi
-
8 – qoniqarli
100 metr yugurish:
-
14,0 – a’lo
-
14,4 – yaxshi
-
15,0 – qoniqarli
3 kilometr yugurish:
-
12:40 – a’lo
-
13:20 – yaxshi
-
14:00 – qoniqarli
7. HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI VA TARTIBI
-
Nomzodlar 1-fevraldan 31-martgacha (shu kuni ham) doimiy yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlariga ariza bilan murojaat etadilar.
-
Harbiy xizmatchilar esa xizmat joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga bildirgi bilan murojaat etadilar.
8. MANZIL
Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Do‘stlik ko‘chasi, 5-uy.