Pedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-aprelda qabul qilingan “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida quyidagi asosiy o‘zgarishlar belgilandi:

1. Sirtqi ta’lim shaklining bekor qilinishi

  • 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, pedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllari saqlanib qoladi.

  • Sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi, bu esa ta’lim sifatini oshirish va amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qituvchilar tayyorlashni maqsad qiladi.

2. Nodavlat ta’lim xizmatlarini litsenziyalash

  • Oliy pedagogik ta’lim yo‘nalishida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xulosasi asosida litsenziyalanadi.

3. Xalqaro ta’lim dasturlarining joriy etilishi

  • 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda universitetlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy etiladi.

  • Bu dasturlar doirasida dars berish uchun professor-o‘qituvchilarni tanlab olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

4. “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi

  • 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

5. Pedagogika texnikumlarida xalqaro dasturlar

  • 2026-yil 1-sentabrdan boshlab, respublikadagi mavjud pedagogika texnikumlarining o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

2025/2026 o‘quv yilidan sirtqi ta’lim bekor qilingan pedagogik yo‘nalishlar ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Pedagogik yo‘nalishlar ro‘yxati