O‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p qaysi davlatlarda o‘qiyotgani maʼlum bo‘ldi



Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 11 oyida 138,9 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida xorijga chiqqan.


2022 yilning yanvar-noyabr oylarida o‘zbekistonlik talabalar o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan davlatlar:


— Qirg‘iz Respublikasi – 52 291 kishi


— Tojikiston – 47 213 kishi


— Rossiya – 13 128 kishi


— Qozog‘iston – 10 646 kishi


— Turkiya – 5 265 kishi


— Janubiy Koreya – 4 645 kishi


— AQSH – 987 kishi


— Buyuk Britaniya – 971 kishi


— Belarus Respublikasi – 928 kishi


— Germaniya – 772 kishi