O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro biologiya olimpiadasida medal oldi


O‘zbekistonlik o‘quvchilar Armaniston davlatida o‘tkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida qatnashish uchun jo‘nab ketishgani haqida xabar berilgandi.

10-18 iyul kunlari dunyoning 64 davlatidan 256 nafar o‘quvchi qatnashgan mazkur olimpiadada Toshkent pediatriya instituti akademik litseyi o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, medal sohibi oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

Bronza medali uchun o‘quvchiga 60 mln. so‘m, uning o‘qituvchisiga esa 45 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Avvalroq Qorako‘l Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.