O‘zbekistondagi talaba qizlarning deyarli yarmi pedagogika sohasida o‘qishi ma’lum qilindi


2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 571,5 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Shundan, OTMlarda ta’lim olayotgan talabalarning 311,5 ming nafarini o‘g‘il bolalar, 260 ming nafarini qiz bolalar tashkil etmoqda. Shuningdek, DSQ oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni bilan ham bo‘lishgan.

pedagogika:

  • o‘g‘il bolalar – 52,4 ming nafar;
  • qiz bolalar – 126,3 ming nafar.

gumanitar fanlar:

  • o‘g‘il bolalar – 13,9 ming nafar;
  • qiz bolalar – 26,8 ming nafar.

matematika fanlari:

  • o‘g‘il bolalar – 5,4 ming nafar;
  • qiz bolalar – 5,4 ming nafar.

tabiiy fanlar:

  • o‘g‘il bolalar – 11,6 ming nafar;
  • qiz bolalar – 14,1 ming nafar.

san’at:

  • o‘g‘il bolalar – 5,5 ming nafar;
  • qiz bolalar – 6 ming nafar.

islomshunoslik:

  • o‘g‘il bolalar – 0,9 ming nafar;
  • qiz bolalar – 0,3 ming nafar.

Avvalroq O‘zbekistondagi OTMlar 24-yanvardan bir oy davomida onlayn ta’lim shakliga o‘tgani, O‘zbekiston OTMlarining umumiy reytingi tuzilgani, Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.