O‘zbekistondagi 28 ta OTM xalqaro reytingda «da’vogar» maqomiga ega bo‘ldi


Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings 2023 reytingi natijalarini e’lon qildi.

Reytingga muvofiq, bu yil O‘zbekistonning yana 18 ta oliy ta’lim muassasasiga «reporter» maqomi berilib, top-1000 talikka kirish uchun mamlakatimizdagi da’vogar OTMlar soni jami 28 taga yetdi.

World University Rankings universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholaydi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

O‘zbekistonning 28 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

Ma’lumot uchun: World University Rankings 2023 da 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari, 526 ta universitet «reporter», ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.