2024/2025 o‘quv yili boshida 222 ta oliy ta’lim muassasasi (filiallar bilan birga) faoliyat ko‘rsatgan. Shundan 30 tasi xorijiy OTMlar hisoblanadi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, oliygohlarda 1 432 810 nafar talaba o‘qimoqda. Talabalar ta’lim shakllari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
• Kunduzgi ta’lim — 707 287 nafar
• Sirtqi ta’lim — 673 424 nafar
• Kechki ta’lim — 52 099 nafar
Avval Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarning ijara kompensatsiyasi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgani va bu holat ortidan mas’ullarga intizomiy jazo qo‘llangani aytilgan.