Pedagoglarni tayyorlash tizimi yangi bosqichga o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasidagi keng qamrovli islohotlarni e’lon qildi. Termiz pedagogika instituti bu borada namuna sifatida tanlandi. Endilikda barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan yangilanadi.
Yangi tizim asosiy yo‘nalishlari:
-
Barcha pedagogika oliygohlarida xalqaro boshqaruv va ta’lim standartlari joriy etiladi.
-
Termiz pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston universiteti” modeli asosida boshqaruv tizimi joriy qilinadi.
-
Fakultetlar o‘rniga 6 ta ixtisoslashgan oliy maktab tashkil etiladi:
-
Aniq fanlar maktabi — Myunxen Texnika Universiteti dasturi asosida;
-
Boshqa maktablar — Kembridj Universiteti dasturlariga asoslanadi.
-
Ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlar:
-
Fanlar soni 20 tadan 15 taga kamaytiriladi.
-
Ta’lim yo‘nalishlari 31 tadan 17 taga qisqartiriladi.
-
O‘quv yuklamasi 20% ga kamaytiriladi.
Amaliyot va metodika:
-
Termiz shahri va tumanidagi 47 ta maktab amaliyot bazasiga aylantiriladi.
-
15 ta maktab metodik tajriba markaziga aylantirilib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadi.
Kadrlar malakasini oshirish:
-
20 nafar xorijiy til sertifikatiga ega ustoz Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapurga malaka oshirish uchun yuboriladi.
-
Kelgusi 3 yil ichida, barcha ustozlar xorijiy tilni o‘zlashtirib, xalqaro tajribaga ega bo‘lishi kerak.
Xususiy oliygohlar uchun ham:
-
Pedagogik yo‘nalishlar davlat standartlari asosida tashkil etiladi.
-
Bilim sifati tashqi diagnostika orqali baholanadi.
-
Xususiy ta’lim sifati ustidan nazorat mexanizmi joriy etiladi.