Adliya xabari: O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi yuridik kollejlariga abituriyentlardan hujjat qabul qilish to`g`risida


Hurmatli abituriyentlar!

Xabaringiz bor, hujjat topshira olmagan koʻplab abituriyentlar hamda ularning ota-onalarini murojaatlari boʻyicha Hukumat tomonidan yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddatini joriy yilning 17-avgustigacha davom ettirishga rozilik berildi.

Shunga koʻra, yuridik kollejlarda abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishga sanoqli kunlar, yaʼni atigi 2 kun qolganligini eslatib oʻtamiz. 

Mamlakatimizning eng nufuzli kollejlaridan biri hisoblangan yuridik kollej oʻquvchisiga aylanish imkoniyatingizni qoʻldan boy bermang.