O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) 1949 yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.
1992 yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda universitetda 9 000 ga yaqin talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon taʼlim standartlari asosida o‘rganmoqda. Har yili universitetda 15 ta taʼlim yo‘nalishida bakalavr, 13 ta taʼlim yo‘nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.
Universitet talabalari chuqur bilim va ko‘nikmalar asosida til o‘rganish, o‘qitish, tarjima va talqin qilish malakalariga ega bo‘lmoqda. Kun sayin rivojlanib borayotgan tezkor zamonda taʼlim tizimi ham o‘zgarmoqda. Oliy taʼlim muassasasida til va madaniyat o‘rtasidagi aloqa taʼlim tizimining asosiy tamoyili hisoblanadi.
Xalqaro jurnalistika fakulteti
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 26 fevralda qabul qilingan “Jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etildi.
Hozirda fakultetda quyidagi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanadi:
- “Xalqaro jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)";
- “Davlat va nodavlat tuzilmalarida axborot xizmati";
- “Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti". Shuningdek, “Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti" mutaxassisligi bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi.
Hozirda universitetda quyidagi fakultetlar faoliyat yuritmoqda
Tarjimonlik fakulteti
1994 yilda tashkil topgan. Fakultet 2 ta (tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, nemis, fransuz tillari), filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy, yapon va koreys tillari) taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 2005 yildan boshlab magistrlarni tayyorlab kelmoqda. 1994 yildan beri fakultetni 3300 dan ortiq bakalavr tugatib, ular xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Fakultet bitiruvchilari orasidan ko‘plab davlat mukofoti, xalqaro mukofot sohiblari, yetuk tarjimonlar va elchixonalar xodimlari yetishib chiqqan. Fakultetda 10 dan ortiq til ikkinchi chet tili sifatida o‘rgatiladi. Bular yapon, koreys, xitoy, italyan, turk, ingliz, fransuz, nemis va ispan tillaridir. Fakultetda sinxron tarjima bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlanadi. Sinxron tarjimani o‘rgatishga sohaning eng tajribali o‘qituvchilari jalb etilgan.
Fakultetda hozirgi kunda quyidagi taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
Bakalavr taʼlim yo‘nalishlari:
· 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)
· 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili)
· 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili)
· 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)
· 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili)
· 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili)
Rus tili filologiyasi fakulteti
1982 yilning 12 mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 401-farmoyishiga muvofiq toshkent Davlat chet tillari pedagogika instituti va rus tili va adabiyoti pedagogika instituti qo‘shilib, yuqori darajadagi taʼlim muassasasi barpo etildi. O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti tarkibiga RPIRTA kirdi va maxsus sifatli Respublika filologiya fakulteti tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda rus tili filologiyasi fakultetida ixtisoslashtirilgan kafedra ishlab turmoqda va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taʼlim jarayoni olib borilmoqda.
Fakultet quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi:
Bakalavriat taʼlim yo‘nalishi:
5120100- Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
5111300- Rus tili va adabiyot (o‘zga tilli guruhlarda)
Magistratura mutaxassisligi:
5A120102- Tilshunoslik(rus tili)
5A120102- Rus adabiyotshunosligi.
Roman-german filologiyasi fakulteti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1875 sonli qarori hamda 2013 yil 23 maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PQ–1971 sonli qarori asosida nemis, fransuz, ispan filologiyasi fakultetlari negizida roman-german filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 2017 yil 2- sentyabridan filologiya va tillarni o‘qitish ingliz tili yo‘nalishi ham fakultet tarkibiga kiritildi.
Bugunga kelib fakultetda 4 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Bular:
1. Nemis tili nazariyasi va amaliyoti
2. Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti
3. Ispan tili nazariyasi va amaliyoti
4.Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti
Fakultetda to‘rtta taʼlim yo‘nalishi va to‘rtta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Fakultetda bakalavr yo‘nalishlarida 4 ta Yevropa tillari (ingliz, fransuz, nemis, ispan),6 ta sharq tillari (arab, turk, yapon, hind, malay, indonez,), shuningdek, gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va umumkasbiy fanlardan dars berilmoqda.
Bakalavr taʼlim yo‘nalishlari:
· 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
· 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili
· 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)
· 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)
Ingliz tili 1-fakulteti
1992 yilning 12 mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning farmoni bilan toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti hamda Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutlari bazasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashkil etildi. Ushbu oliygoh tarkibida dastlab quyi va yuqori kurslar fakulteti keyinchalik Ingliz filologiyasi fakulteti nomi ostida faoliyat yuritgan fakultet 2016-2017 o‘quv yilidan boshlab ingliz tili birinchi fakulteti nomi bilan ish olib bormoqda. Fakultet o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida"gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilab qo‘yilgan vazifalari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati hamda universitet Ilmiy kengashi qarorlari, vazirlik va universitet rektorining taʼlimga oid buyruqlari hamda fakultet kengashining ish rejalari asosida olib borish bilan birgalikda ingliz tili va ikkinchi chet tili sifatida fransuz, nemis, arab, ispan, turk, xitoy va boshqa tillarni puxta biladigan, zamonaviy fanlar malakasini to‘la egallagan mutaxassislarni yetkazib bermoqda. Fakultetda malay tili va madaniyati markazi faoliyat yuritmoqda.
Fakultetda 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) taʼlim yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Ingliz tili 2-fakulteti
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yana-da takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi va 2013 yil 23 maydagi №1971 sonli “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlariga muvofiq Birinchi va Ikkinchi ingliz filologiyasi fakultetlari negizida Ingliz tili birinchi, ikkinchi, uchinchi fakultetlar tashkil topdi.
Ingliz tili 3-fakulteti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1875 sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 23 maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1971 qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida 2013 yil 30 maydagi O‘zDJTU Ilmiy kengash yig‘ilishining 10-son bayonnomasi asosida O‘zDJTU tarkibida Ingliz tili uchinchi fakulteti tashkil etildi. 2013 yildan to hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgan Ingliz tili 3-fakultetini bitirganlarning asosiy qismi O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan. Ingliz tili 3-fakultetini bitirganlar mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi hisoblanib, bitiruvchilar turli universitetlarda, kollejlarda, litseylarda, maktablarda, bog‘chalarda va turli xil o‘quv markazlarida ingliz tilidan dars berib kelmoqda. Bundan tarqash Ingliz tili 3-fakultetini bitirganlardan ko‘pchiligi turli elchixonalar, konsulliklar, turli chet el bilan hamkorlikda ochilgan firmalarda faoliyat olib bormoqda.