O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari talabalariga akademik ta`til berish to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot" kanali.
Nizomga muvofiq akademik ta`til quyidagi hollarda beriladi:
- harbiy xizmatni o‘tash uchun;
- salomatligini tiklash uchun;
- homiladorlik va tug‘ish uchun;
- bolalarni parvarish qilish uchun.
Talabalarga o‘qish davomida ikki marta, tibbiyot ta`lim muassasalari talabalariga uch martagacha akademik ta`til berilishi mumkin.
Birinchi kurs talabalariga akademik ta`til, istisno tariqasida, faqat ularning kasalligi tufayli berilishi mumkin.
Akademik ta`til olish uchun talaba ta`lim muassasasi rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
Manba: kun.uz