2018/2019-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan hududiy Ishchi guruhlari tomonidan joriy yilning 15-iyulidan 5-avgustiga qadar qabul qilinadi.
Toshkent shahar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi talabalarning arizalari Toshkent davlat pedagogika universitetining binosi (Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uyda joylashgan, mo‘ljal: metroning «Chilonzor» bekati)da qabul qilinadi.
O‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) istagini bildirgan fuqarolardan quyidagi hujjatlarni hududiy Ishchi guruhlariga taqdim etishlari so‘raladi:
1. Ko‘chirish (qayta tiklash) to‘g‘risidagi ariza (ariza blankalari hududiy Ishchi guruhlari tomonidan beriladi).
2. Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari.
3. Pasport nusxasi.
Manba: xabar.uz