Omonulla Madayev bilan suhbatning ikkinchi qismida adabiyotshunos olim isloh qilinayotgan alifbo, oliy ta'lim tizimi, jamiyat mexanizmining nosoz murvatlari, Rauf Parfi va Shavkat Rahmon, yoshlar tarbiyasi va avj olib ketgan jinoyatchiliklar haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
Omonulla Madayev alifbo islohoti haqida o‘z fikrlarini bayon etarkan, lotin grafikasiga o‘tish paytida u deyarli muhokama qilinmaganini, lotin alifbosida o‘qiydiganlar kirill yozuviga qaytarilsa, oldingidan yomonroq fojia yuz berishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, taniqli folklorshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev bilan suhbatning birinchi qismi e'tiboringizga havola etilgandi. Unda olim bugungi kunda o‘zbek tiliga nisbatan munosabat, jamiyatdagi o‘zgarishlar va ta'lim tizimi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan edi.
Suhbatning ikkinchi qismini bu yerda tomosha qilishingiz mumkin
Manba: kun.uz