Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha o‘qish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning tanlangan fanlar bo‘yicha bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy ko‘nikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.
Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha dastur, imtihonlar savollari va topshiriqlarining mazmuni umumiy o‘rta (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari dasturlariga qat’iy muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Sport fanlari bo‘yicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi bo‘yicha) belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq tuziladi.
- Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin rektorning buyrug‘i bilan oliy ta’lim muassasasida tegishli fanlar bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish va qabul qilish masalalari bo‘yicha tajribali, malakali va mas’uliyatli o‘qituvchilar tarkibidan fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi;
- ayrim hollarda oliy ta’lim muassasasi fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tarkibiga boshqa ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyi ma’muriyatining tavsiyalariga binoan kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi;
- oliy ta’lim muassasasi idoraviy bo‘ysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishgan holda fan bo‘yicha imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni o‘z vaqtida tasdiqlash uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi;
- “Oliy hamshiralik ishi" yo‘nalishi bo‘yicha imtihon komissiyalarining raislari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
- imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi;
- imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi;
- abituriyentlarning yozma shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash kirish yozma imtihonlarini tekshirish va baholash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturini, ularni baholash mezonlarini, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi. “Oliy hamshiralik ishi" yo‘nalishi bo‘yicha ushbu tadbirlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari
RO‘YXATI
Bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yo‘nalishlari |
||
Nomi |
Kod |
|
GUMANITAR SOHA Pedagogika |
100 000 110 000 |
|
1. |
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi |
5110800 |
2. |
Musiqa ta’limi |
5111100 |
3. |
Jismoniy madaniyat |
5112000 |
San’at |
150 000 |
|
4. |
Bastakorlik san’ati |
5150100 |
5. |
San’atshunoslik (turlari bo‘yicha) |
5150200 |
6. |
Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha) |
5150300 |
7. |
Rejissyorlik (turlari bo‘yicha) |
5150400 |
8. |
Dirijyorlik (turlari bo‘yicha) |
5150500 |
9. |
Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) |
5150600 |
10. |
Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) |
5150700 |
11. |
Rangtasvir (turlari bo‘yicha) |
5150800 |
12. |
Dizayn (turlari bo‘yicha) |
5150900 |
13. |
Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha) |
5151100 |
14. |
Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) |
5151200 |
15. |
Xoreografiya (turlari bo‘yicha) |
5151300 |
16. |
Xalq ijodiyoti (turlari bo‘yicha) |
5151600 |
XIZMATLAR SOHASI Xizmat ko‘rsatish sohasi |
600 000 610 000 |
|
17. |
Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) |
5610500 |
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.