Oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobar ko‘paytiriladi — prezident


Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasidagi nutqida oliy ta’limdagi muammolar va yangi tashabbuslarga to‘xtaldi. Unga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobar ko‘paytiriladi. Qizlar uchun oliy o‘quv yurtlarida alohida grant o‘rinlari ajratiladi. 

«Hech bir davlat ta’limdagi muammolarni birdan hal qila olmaydi. Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar kiskartiriladi. 

Geolgiya bo‘yicha qanday maktabimiz bor? Matematika bo‘yichachi? Ilm-fan sohasida maqsadli grantlar masalasini tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Shu vaqtgacha qarsak chalib yurdik, natija bo‘lmadi. Grantlar miqdorini ikki barobar ko‘paytiramiz» dedi prezident. 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev OTMlarda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar qisqartirilishini ma’lum qildi.