Bugun Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti Maxsus sirtqi bo‘limiga 2018-2019 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilindi.
Maxsus sirtqi bo‘limga respublikamizda faoliyat yuritayotgan, kamida besh yillik stajga ega bo‘lgan imom-xatib, madrasa mudarrislari va Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlaridan iborat jami 144 nafar abiturient hujjat topshirgan edi.
Bugun shulardan 120 nafari aqoid, fiqh va arab tili fanlari bo‘yicha imtihon natijalari asosida qabul qilindi.
O‘z navbatida Azon.uz tahririyati Maxsus sirtqi bo‘limga talabalikka qabul qilingan barcha tolibi ilmlarni chin qalbdan muborakbod etadi. Alloh barchalarini ilmlarini ziyoda qilsin.
Manba: azon.uz