Prezident qarori bilan “O‘zbekiston fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Yangilangan tartib oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining xizmat majburiyatini aniq belgilab, xarajatlarni undirish mexanizmini kuchaytirdi.
Asosiy o‘zgartirishlar:
-
Oliy harbiy ta’lim muassasasini bitirganlar ofitser lavozimida kamida 5 kalendar yil xizmat o‘tashi shart.
-
Agar bitiruvchi ushbu muddatni to‘liq bajarmasa, o‘qitishga sarflangan mablag‘lar davlat budjetiga undirib olinadi.
Amaldagi tartibda ham 5 yil xizmat talabi mavjud edi. Yangi qaror bu normani yanada aniq shaklga keltirdi va qo‘llanish doirasini kengaytirdi.
-
Amaliyotda ayrim bitiruvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy xizmatchi sifatida emas, xodim tariqasida boshqa vazirlik va idoralarga yo‘naltirilayotgani inobatga olinib, ular uchun ham 5 kalendar yil xizmat qilish majburiyati qonuniy asosda mustahkamlandi.
-
Ushbu muddat bajarilmasa, o‘qitish xarajatlari to‘liq undiriladi.
Kuchga kirish sanasi: qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab amal qiladi.