Oliy harbiy institutlarga qabul 1 fevraldan 1 aprelgacha edi. Karantin sababli qabul suriladimi?


Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun tuman mudofaa ishlari bo‘limlarida (karantin sababli joriy etilgan cheklov choralariga ko‘ra qizil hudud etib belgilangan tumanlardan tashqari) ayni paytda saralash tadbirlari ijtimoiy masofani saqlagan holda davom ettirilmoqda. Jarayon 20 maydan boshlangan.

Saralashning keyingi, yaʼni viloyat bosqichi 8 iyundan – 30 iyungacha viloyat mudofaa ishlari bo‘limlarida o‘tkaziladi. 

Uchinchi bosqich – harbiy-kasbiy tanlov bosqichi oliy harbiy taʼlim muassasalarida 1 iyuldan – 25 iyulgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Karantin sababli respublikamizdagi vaziyat o‘zgarsa, mazkur rejaga ham o‘zgartirishlar kiritiladi va bu haqda abituriyentlikka nomzodlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan xabardor qilinadi.