“Nihol” mukofoti sohiblariga qanday imtiyozlar belgilangan?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-avgustdagi 169-sonli Qaroriga muvofiq «Nihol» mukofoti iste'dodli yoshlarning jamiyatimiz ma'naviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o‘rnini inobatga olib, o‘zining estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san'ati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni ma'naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlarni muntazam rag‘batlantirib borish maqsadida beriladi. “Nihol" mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar madaniyat, sanʼat yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi (ansambl, jamoa sifatida ishtirok etganlar bundan mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq “Nihol" mukofoti sovrindorlari Madaniyat vazirligining taqdimnomasiga muvofiq, Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalariga, mos taʼlim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.