Navoiyda 11-sinf o‘quvchisi maksimal 189 ball bilan muddatidan oldin talaba bo‘ldi


Navoiydagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchi sinf o‘quvchisi Samandar Erjonov muddatidan oldin talaba bo‘ldi.

U Bilim va malakalarni baholash agentligi o‘tkazgan test sinovlarida 189 ball to‘plab, barcha zarur sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Bu haqda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada, Samandar Erjonov o‘zi tanlagan oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talaba bo‘lish imkoniga ega bo‘ldi.