Namangan viloyatidagi OTMlarda 2024/2025-yil uchun GRANT asosidagi eng past o‘tish ballari


ABT.UZ sayti va @uzabt telegram jamoasi siz abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida 2024/2025 o‘quv yili uchun NAMANGAN viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida talabalikka qabul qilishda eng past o‘tish ballari (70 ballgacha) taqdim etadi. Ushbu ballar siz abituriyentlar uchun muhim ko‘rsatkich bo‘lib, tanlov strategiyasini belgilashda asosiy manba bo‘ladi.

Quyidagi jadvalda ushbu ma’lumotlar keltirilgan:

  • Oliy ta’lim muassasasi nomi (OTM)

  • Yo‘nalish nomi

  • Mutaxassislik fanlari

  • Davlat granti va kontrakt asosida o‘tish bali

  • Ta’lim tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va h.k.)

Eslatma: Davlat granti faqat kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha amalga oshiriladi. Sirtqi, masofaviy yoki kechki ta’lim shakllarida grant asosidagi qabul mavjud emas.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayonida bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %) etib belgilangan bo‘lib, mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar davlat granti uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

Ushbu jadval abituriyentlarga raqobat darajasini aniqlash, ota-onalarga farzandining imkoniyatlarini baholash va ustozlarga maqsadli tayyorgarlik rejasini tuzishda yordam beradi.