O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablar uchun yangilangan odob-axloq qoidalarini joriy qildi. Bu qoidalar ta’lim muassasalarida tartib-intizomni kuchaytirish, o‘quvchilar orasida hurmat va sog‘lom muhitni shakllantirish hamda zamonaviy axborot vositalaridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
Taqiqlangan holatlar
-  
Nostandart kiyinish:
-  
O‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka yoki shippakda maktabga kela olmaydi.
 -  
Qiz bolalar kalta, tor, tanani ochib turadigan yoki yupqa kiyimlarda qatnasha olmaydi.
 -  
Turli bezak va taqinchoqlar cheklangan.
 
 -  
 -  
Kamsituvchi xatti-harakatlar: Bir-birini haqorat qilish, zo‘ravonlik, diskriminatsiya va behayo so‘z ishlatish qat’iyan taqiqlanadi.
 -  
Ijtimoiy tarmoqlar: Maktab, o‘qituvchi yoki o‘quvchilar sha’niga putur yetkazuvchi, qonunga zid videolarni tarqatish mumkin emas.
 -  
Mobil vositalardan foydalanish: Dars vaqtida quloqchin taqish yoki telefon orqali dars jarayonini yozib olish man etiladi.
 -  
Kompyuter va internetdan noto‘g‘ri foydalanish: Zo‘ravonlik targ‘ib qiluvchi, bolalarga mos bo‘lmagan yoki behayo kontentni saqlash va tarqatish taqiqlanadi.
 -  
Noqonuniy tadbirlar: Tug‘ilgan kun yoki qonunda ko‘zda tutilmagan bayramlarni maktab hududida o‘tkazish ruxsat etilmaydi.
 
Maqsad va ahamiyat
Mazkur tartiblar:
-  
maktablarda intizomni kuchaytirish;
 -  
odob-axloqiy muhitni yaxshilash;
 -  
o‘quvchilarning ijtimoiy madaniyatini rivojlantirish;
 -  
ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.