Maktab bitiruvchilari o‘z shahodatnomalarini onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin


Endilikda e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali o‘z shahodatnomangizni onlayn tarzda yuklab olishingiz mumkin!

Platformaga quyidagi umumiy o‘rta taʼlim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari kiritilgan:

  • Umumiy o‘rta taʼlim maktablari;
  • Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
  • Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
  • Nodavlat taʼlim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.