Kvartiralarning ijara to‘lovlari osha boshlaydi, lekin talabalar endi kompensatsiya olish mumkin


Oliy taʼlim muassasalari 6 sentyabrdan boshlab anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanishi eʼlon qilinishi xabari ko‘chmas mulk bozorida ijara to‘lovlari narxini oshishiga xizmat qilishi tabiiy.

Yozda, talab nisbatan dimlangan oylarda ijara narxlari bir maromda saqlanadi, hatto pasayadi ham.

Sentyabr boshlanishi bilan o‘nminglab talabalar qo‘shimcha talab hosil qilishadi, tabiiyki narxlar yuqoriga o‘rlay boshlaydi.

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, talabalarga Toshkentda ijara to‘lovining 50 foizi — BHMning 1 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi. 1 sentyabrdan boshlab bu 290 ming so‘m.

Kalkulyatsiya qilsak, masalan, 1 xonali kvartirani 2 mln.so‘mga ijaraga olgan uchta talaba qariyb 870 ming so‘m miqdorida kompensatsiya olishi mumkin bo‘ladi.