O‘zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayoni bilan Jizzax va Buxoro viloyatidagi yoshlar uchun ayrim OTMlarda davlat granti shaklida qo‘shimcha maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi. Shuningdek, ushbu viloyatlar hududidagi ayrim OTMlarda viloyatdagi tumanlar kesimida ham maqsadli qabul kvotalari belgilangan.
Ushbu qo‘shimcha maqsadli qabul kvotalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16-17 fevral kunlari Buxoro viloyatiga hamda 30-31 mart kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida joriy etildi.
Maqsadli qabul nima o‘zi?
Ma`lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga binoan, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
Maqsadli qabulga hudud bo‘yicha doimiy propiska asosida qabul qilinadimi?
Nizomning 10-bandiga asosan, maqsadli qabulda qatnashmoqchi bo‘lgan abituriyentlar tegishli hududda yashayotgan bo‘lishi lozim. Agar doimiy propiskasi o‘sha hududda bo‘lsayu, lekin maqsadli qabulga tushmaydigan hududda yashayotgan bo‘lsa, unda o‘sha abituriyent maqsadli qabulda qatnasha olmaydi.
Maqsadli qabulga o‘sha hududdagi litsey yoki kollejni tugatgan bo‘lishi shartmi?
Maqsadli qabulga faqat tegishli hududda yashayotgan va hududning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari tomonidan berilgan diplomga ega bo‘lgan abituriyentlar hujjat topshira oladi. Masalan, jizzaxlik abituriyent o‘rta maxsus ta`limni Toshkent shahrida olgan bo‘lsa, unda mazkur maqsadli qabul kvotalariga da`vogarlik qila olmaydi, u albatta Jizzax viloyatidagi (tumandagi) ta`lim muassasasida tahsil olgan bo‘lishi shart.
Agar maqsadli qabulga topshirgan abituriyent tomonidan to‘plangan ball davlat grantiga yetmasayu, lekin kontraktga kirish uchun yetsa, unda kontrakt asosida qabul qilinadimi?
Ha, qabul qilinadi. Nizomning 3-bandiga asosan, maqsadli qabul tanlovida qatnashib davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur ta`lim yo‘nalishida to‘plagan test ballari bilan umumiy to‘lov-kontrakt doirasidagi tanlovda ishtirok etadi.
Qo‘shimcha maqsadli qabul kvotalari ajratilgan OTMlar va ularning yo‘nalishlari ro‘yxati:
JIZZAX VILOYaTI VA TUMANLARI UChUN
O‘zbekiston Milliy universiteti
O‘zbek tili guruhlari uchun:
Biologiya (turlari bo‘yicha) (Jizzax) – 5 ta
Kimyo (Jizzax) – 5 ta
O‘zbek tili guruhlari uchun:
Biologiya (turlari bo‘yicha) (Jizzax) – 5
Kimyo (Jizzax) – 5
Jizzax davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili guruhlari uchun:
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Arnasoy t.) – 3
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Baxmal t.) – 2
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Sh.Rashidov t.) – 3
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Do‘stlik t.) – 8
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (G‘allaorol t.) – 4
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Zarbdor t.) – 2
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Zafarobod t.) – 4
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Zomin t.) – 2
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Paxtakor t.) – 2
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Mirzacho‘l t.) – 7
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Forish t.) – 4
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Yangiobod t.) – 7
Boshlang‘ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish (Jizzax sh.) – 2
Maktabgacha ta`lim (Arnasoy t.) – 1
Maktabgacha ta`lim (Baxmal t.) – 2
Maktabgacha ta`lim (Sh.Rashidov t.) – 2
Maktabgacha ta`lim (Do‘stlik t.) – 2
Maktabgacha ta`lim (G‘allaorol t.) – 2
Maktabgacha ta`lim (Zarbdor t.) – 2
Maktabgacha ta`lim (Zafarobod t.) – 2
Maktabgacha ta`lim (Zomin t.) – 2
Maktabgacha ta`lim (Paxtakor t.) – 1
Maktabgacha ta`lim (Mirzacho‘l t.) – 2
Maktabgacha ta`lim (Forish t.) – 2
Maktabgacha ta`lim (Yangiobod t.) – 3
Maktabgacha ta`lim (Jizzax sh.) – 2
Rus tili guruhlari uchun:
Maktabgacha ta`lim (Baxmal t.) – 1
Maktabgacha ta`lim (Sh.Rashidov t.) – 1
Maktabgacha ta`lim (Zarbdor t.) – 1
Maktabgacha ta`lim (Zomin t.) – 1
Maktabgacha ta`lim (Jizzax sh.) – 1
BUXORO VILOYaTI TUMANLARI UChUN
O‘zbek tili guruhlari uchun:
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Romitan t.) – 4
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Peshku t.) – 4
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Shofirkon t.) – 4
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Qorako‘l t.) – 4
Rus tili guruhlari uchun:
Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda (Romitan t.) – 5
Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda (Peshku t.) – 5
Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda (Shofirkon t.) – 5
Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda (Qorako‘l t.) – 5
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Romitan t.) – 1
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Peshku t.) – 1
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Shofirkon t.) – 1
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Qorako‘l t.) – 1
Davlat test markazining maxsus bazasini ko‘rib chiqsak, yuqoridagi maqsadli qabul kvotalari bo‘yicha ayrim yo‘nalishlarga hali birorta ham hujjat topshirilmaganini ko‘rish mumkin. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, yoshlarga yaratilgan imtiyozlardan unumli foydalaning.
Xushnudbek Xudayberdiyev, huquqshunos.
Manba: kun.uz