Inson husnixati shundayki, unga ko‘ra xarakterni ifodalash mumkin, deya yozmoqda Rambler nashri.
1. Ehtiyotkor, sirli va odamovilar mayda harflarda yozishadi.
2. Quvnoq, qiziquvchanlar esa katta-katta husnixatda yozishadi.
3. So‘zlar orasidagi kichik masofa zaif subordinatsiyadan darak. Tanqidiy fikrlovchilarga so‘zlarni bir-biriga o‘ta tirkab yozish xosdir.
4. Harflarni bir-biriga tutashtiruvchilar mantiqiy fikrlovchilardir. Harflar dona-donaligi esa kuchli ichki sezgidan darakdir.
5. Hattotona husnixat batartib va iltifotli, ammo aqida va qoidalarga berilganlarda bo‘ladi.
6. Bosh harflarga urg‘u berish romantiklikka ko‘rsatsa, harflarning qing‘irligi psixikada muammo borligiga ishoradir.
7. Uchli harflar jizzakilik va xudbinlikni oshkor etsa, dumaloqlari esa mehribonlik kafolatidir.
8. Harflarning o‘ngga yotiqligi oshiqlikdan, chapga yotishi hislarni yashirishdan, tik harflar esa og‘ir-vazminlikni bildiradi.
9. Kayfiyat-ruhning sog‘lomligida harflar tepaga sakraydi, tushkunlikda esa aksincha.
Manba: Biznes saboqlar telegram kanali