Super-kontrakt narxlari-2024: Yo‘nalishlar kesimida


Super-kontrakt narxlari-2024 (yo‘nalishlar kesimida)

Ushbu faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to‘lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko‘rsatilgan.

Ayrim tartiblar:

  • Umumiy qoidaga ko‘ra, super-kontrakt narxi bazaviy stipendiyasiz kontrakt narxidan olinadi.
  • Moliyaviy mustaqillik berilgan va bazaviyga qaraganda qimmatroq kontrakt miqdori belgilagan oliygohlarda super-kontrakt narxi o‘sha qimmatroq kontraktdan olinishi mumkin.
  • Moliyaviy mustaqillik berilgan deyarli hamma oliygoh (1-2 ta istisno), 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt narxini o‘zlari belgilagan qimmat narxda hisoblayapti, 4 balldan ko‘proq yetmaganlar uchun esa bazaviy kontrakt narxida hisoblayapti.

Eslatma: Shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

P.S.: Ushbu super-kontrakt narxlari "perevodchilar" uchun ham taalluqli.