Mutolaa uchun vaqt topish
«Har kuni 500 varaq o‘qing. Bilimlar murakkab foiz kabi to‘planib boradi. Ko‘pchilik buni amalga oshira oladi, biroq kafolat beramanki, bunday qilmaydi». Uorren Baffett, tadbirkor, investor
Agar kitobni kam o‘qiydiganlardan bo‘lsangiz, 200 ta kitob noreal raqam, kuniga 500 varaq esa – kutubxonachining rejimi bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Aslida bu istalgan kishining qo‘lidan keladi.
Keling, hisoblab ko‘ramiz. Mutolaa tezligi daqiqasiga 200 ta so‘zga yaqin. O‘rtacha hajmli kitobda deyarli 50 mingta so‘z mavjud.
200 kitob × 50 000 so‘z = 10 000 000 so‘z
10 000 000 so‘z / daqiqasiga 200 so‘z = 50 000 daqiqa
50 000 daqiqa/ 60 daqiqa = 833 soat
200 ta kitob o‘qish uchun yiliga 833 soatni mutolaa uchun sarflash kerak. Kuniga 2-3 soat. Bu vaqtni qayerdan olish kerak?
Nima uchun ijtimoiy tarmoqlarni kitobga almashtirish lozim?
Sizning ma`lumotga bo‘lgan munosabatingiz o‘zgaradi
Ijtimoiy tarmoqlar – kichik ma`lumotlar to‘plami: xabarnoma, rasm, gifkalar. Miya bu kabi yengil parhezga ko‘nikadi va diqqatingizni bir joyga jamlash tobora murakkablashadi. Kitob mutolaasi – bir predmetga uzoq muddat davomida diqqatni jamlashdir.
Ijtimoiy tarmoqlarni kitoblarga almashtiring. Shu yo‘l bilan miyaga zaruriy narsalarga e`tiborni qaratishda yordam berasiz.
Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta`siridan xalos bo‘lasiz
Informatsion chiqindidan xotira va diqqat aziyat chekadi. Qarorlarni qabul qilish va hissiy qayta ishlash murakkablashadi. Kitob esa anglash funksiyalariga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Og‘zaki va yozma bayon qilishingiz osonlashadi
Kitob mutolaasi suhbat tarzingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta`sir qiladi. Badiiy adabiyotni o‘qiyotganingizda siz o‘zingiz sezmagan holda, tilingizni boyitasiz.
Foydali ko‘p narsalarni bilasiz
Ijtimoiy tarmoqlarda foydali maqola va videolar, biroq shu bilan bir qatorda befoyda chiqindi bo‘lib, aynan u informatsion ratsionimizning katta qismini tashkil qiladi. Nafaqat ilmiy, balki badiiy adabiyotlarda ham ko‘plab foydali narsalarni topasiz.
O‘zgarishlarni boshlash
Ijtimoiy tarmoqlar va televizordan mutolaaga o‘tish u qadar oson emas: oson ma`lumotlarni olish odati sizni ortga – yorqin surat va memlarga tortadi. Biroq siz uddalaysiz. Sizga yordam beradigan narsalar:
Atrofni o‘zgartiring
Ijtimoiy tarmoqlar tobelikni chaqirish maqsadida ishlangan. Ma`lumot reklama kabi oson va yorqin. Miyangizga uni qayta ishlash uchun quvvat sarflash talab etilmaydi. Unga esa bu yoqadi. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarsiz o‘zingizni noqulay his etasiz.
Agar biror marta chekishni tashlagan bo‘lsangiz, bilasizki, uyda chekishni yodga soladigan sigareta, kuldonlarni yo‘qotish kerak. Bu ijtimoiy tarmoqlarga ham tegishli.
Agar qog‘oz kitoblarni xush ko‘rsangiz, ularni ko‘rinarli joyga qo‘ying. Smartfonda o‘qiydigan bo‘lsangiz, barcha ijtimoiy tarmoqlar ilovalarini o‘chiring yoki berkiting. Asosiy ekranda mutolaa dasturini qoldiring. Mutolaa vaqtida barcha xabarnomalarni o‘chiring: sizni hech narsa kitob o‘qishdan chalg‘itmasligi kerak.
Odatga aylantiring
Agar biror narsani yangidan boshlayotgan bo‘lsangiz, ayniqsa tobelikni bartaraf etayotganingizda iroda – yomon ko‘makchi. Charchasangiz yoki xafa bo‘lsangiz, u tezda so‘nadi. Odatdan farqli ravishda, u har qanday kayfiyatda sizga pand bermaydi.
Mutolaa qilish odatini yarating. Kuniga bir necha bet, bir bob, 15 daqiqadan boshlab, asta-sekin o‘qilgan betlar sonini oshirib boring.
Sizni haqiqatan ham jalb etadigan kitoblarni tanlang. Bu juda muhim! Foydali deb hisoblangan, biroq zerikarli asarlarni o‘qishga o‘zingizni majburlamang. Agar o‘qib tugatilmagan kitoblar qiziqtirmasa, ularni o‘qishni darhol bas qiling va yangilarini boshlang.
Siz mutolaani yoqtirib qolishingiz zarur. Aks holda, intilishlaringiz besamar bo‘ladi.
Har qanday bo‘sh vaqtdan foydalaning
Yoningizda doim kitob olib yuring: kim biladi, balki bo‘sh vaqt topilar. Transportda, navbat kutishda o‘qishingiz mumkin. Har bir bo‘sh daqiqani mutolaa bilan to‘ldiring.
Bu kitob reallik o‘rnini bosishini anglatmaydi. Yashang, muloqot qiling, hech narsadan voz kechmang. Ijtimoiy tarmoqlardagi tonnalab befoyda postlar o‘rnini kun kelib hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan ma`lumot egallaydi.
Manba: kun.uz