O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV AKADEMIYaSI QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO‘YIChA OLIY O‘QUV YuRTIDAN KEYINGI TA’LIM FAKULTETIGA QABUL E’LON QILADI
- 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi, huquqiy ta’limotlar tarixi;
- 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya va bojxona huquqi;
- 12.00.03 – Fuqarolik huquqi, tadbirkorlik huquqi, oila huquqi, xalqaro xususiy huquq;
- 12.00.08 – Jinoyat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminologiya, jinoyat-ijroiya huquqi;
- 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi;
IIV Akademiyasi Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim fakultetiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi (shahodatlangan xodimlar tarkibidan) yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
IIV Akademiyasi Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim fakultetiga fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturaga kiruvchi (shahodatlangan xodimlar tarkibidan) yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;
– fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar, tanlagan ilmiy ixtisosligini ko‘rsatib, IIV Akademiyasi boshlig‘i nomiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda bildirgi bilan murojaat etadi:
- ishlovchining shaxsiy varaqasi va tarjimayi hol;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- xizmat faoliyati bo‘yicha ma’lumotnoma (obyektivka);
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
- 4×6 sm. o‘lchamdagi ikkita rangli fotosurat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Kirish imtihonlari 1 noyabrdan 25 noyabrgacha o‘tkaziladi.
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar, tanlagan ilmiy ixtisosligini ko‘rsatib, IIV Akademiyasi boshlig‘i nomiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda bildirgi bilan murojaat etadi:
- ishlovchining shaxsiy varaqasi va tarjimayi hol;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- xizmat faoliyati bo‘yicha ma’lumotnoma (obyektivka);
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
- 4×6 sm. o‘lchamdagi ikkita rangli fotosurat.
Doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
Suhbat 1 noyabrdan 25 noyabrgacha o‘tkaziladi.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD yoki DSc) talabgor tanlagan ilmiy ixtisosligini ko‘rsatib, quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda, IIV Akademiyasi boshlig‘i nomiga bildirgi yoki ariza bilan murojaat etishi lozim:
- qisqacha biografik ma’lumotnoma yoki ishlovchining shaxsiy varaqasi va tarjimayi hol;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistr yoxud oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoki xizmat faoliyati bo‘yicha ma’lumotnoma (obyektivka);
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- ish (xizmat) joyidan tavsifnoma;
- 4×6 sm. o‘lchamdagi ikkita rangli fotosurat.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
IIV Akademiyasi Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti yoki mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning yuqorida qayd etilgan hujjatlari korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining IIV Akademiyasi boshlig‘i nomiga yozilgan yo‘llanma xati bilan yuborilishi lozim.
Hujjatlar 2017 yilning 15 sentabridan 15 oktyabriga qadar qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 265–23–59.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi manzili:
100197, Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68.
Manba: akadmvd.uz