Hozirgi kunda maktab tizimida zamonaviy texnologiyalarning o‘rni qanday?


Ta`lim bo‘yicha nazariyashunos va amaliyotchilar o‘qitishning raqamli texnologiyalari deganda nimani nazarda tutishlari borasida bir fikrga tez orada kela olishmaydi. Dijital tirik o‘qituvchini to‘liq siqib chiqarmaydi. Odamlar orasidagina haqiqiy insonga aylanish mumkin, ta`limning asosiy vazifasi ana shundan iborat. Shuning uchun gadjyet, dastur va internet haqida gapirganda ta`limning raqamli vositalarini nazarda tutamiz.

Foto: Pexels

«Foksford» onlayn-maktabi direktori Aleksey Polovinkin hozirda maktab o‘qituvchilari o‘qitishning qanday raqamli uslublaridan foydalanayotgani, «bo‘lajak maktablar»da qaysilarini qo‘llashlari haqida gapirib beradi.

Dijitalning bugungi ta`limdagi o‘rni

Smartfon ekraniga bir necha marta bosish orqali ota-onalar farzandlarini shifokor qabuliga yozdiradilar va mahsulotlarni onlayn xarid qilishadi. Kompyuter hayotni boshqarish pultiga aylantirganiga qaramay, bolalar o‘qish uchun maktabga borishmoqda. Tirik o‘qituvchi zarur, bundan tashqari, u zamonaviy texnologiyalarni o‘z imkoniyati darajasida qo‘llashga urinmoqda.

Hozirda o‘qituvchilar multimediya doskasi, proyektor, printer, skaner, kompyuterdan foydalanishmoqda. Taqdimotlar, matn, audio va videomateriallarni tayyorlab, ishga tushirmoqda. O‘quv materiallarini internetdan topib, uni kompyuterga yuklamoqda. Maktab o‘quvchilari uchun testlarni saytlar tuzishyapti.

Qanday o‘rgatishadi?

O‘yin yordamida

Fikrimcha, odamlar va hayvonlar bilim va ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘yin orqali yaxshi o‘zlashtirishadi. Sher bolalari ov qilishni, bolalar esa «do‘kon» va «kasalxona» o‘yinlarini o‘ynaydilar. Har qanday yoshdagi  odam tasavvur, diqqat va  xotirasini real yoki virtual o‘yinda maksimal darajada ishga soladi. Aynan shu o‘yinlashtirishni raqamli ta`limning trendi  deb nomlaydilar.

Harbiy, treyder va o‘qituvchilar o‘quvchilar xavfsiz muhitda zaruriy ko‘nikmalarni rivojlantirishi uchun kompyuter o‘yinlaridan foydalanishadi. AQSh maktablaridagi jamiyatshunoslik fani o‘qituvchilari o‘quvchilarga onlayn-o‘yinda shaxsiy yuridik firmani ochishni taklif etadilar. Shunday qilib, bolalar fuqarolik jamiyati asoslarini o‘rganishadi va o‘z huquqlarini himoya qilishga o‘rganadilar.

Foto: Pexels

Ta`lim bo‘yicha kompyuter o‘yinlarining keyingi avlodi fikrimcha, texnik vosita va pedagogik ishlanmalar tutashuvidan yaratiladi. Muammo shundaki, smartfon va virtual reallik ko‘zoynaklari allaqachon paydo bo‘ldi. Virtual va qo‘shimcha reallikdagi maxsus o‘qitish bo‘yicha o‘yinlarni yaratish qoldi xolos.

Yangi texnologik inqilob bo‘sag‘asidamiz. Ishonchim komilki, yaqin yillarda virtual va qo‘shimcha reallik shu darajada yangi yo‘llarda foydalaniladiki, buni hatto eng qo‘rqmas futurologlar ham tasavvur qilishmagan.

Maykl Trezer, raqamli ta`lim tizimi dasturchisi

Maktablardagi ta`lim beruvchi o‘yinlarda o‘quvchilar Amerikani Kolumb bilan, radioni Popov bilan kashf etadilar. O‘quvchilar sinfda boshqa yo‘l bilan yaratish imkoni bo‘lmagan muhitda ishlay oladilar: atomlarni laboratoriyada maydalash, Mars yeridagi namunalarni yig‘ish, ingliz tilini ko‘chmanchilarga o‘rgatish.

O‘yin – maktabdagi murakkab va zerikarli mavzularni majburlamasdan o‘rgatishning eng yaxshi usuli. U bir vaqtning o‘zida ham o‘qitadi va rag‘batlantiradi. Chunki o‘yinchilar o‘z harakatiga darhol javob oladi, raqiblarini mag‘lub qilish uchun belgilangan vazifalarni bajarishga harakat qilishadi, umumiy reytingda o‘z ishtirokining obektiv bahosini ko‘rib, ball va jyeton kabi mukofotlar olishadi.

Sun`iy idrok yordamida

Bugunning o‘zida tarix haqidagi sayt yoki matematika bo‘yicha ilovadagi interaktiv trenajyer vazifalarning javobini avtomatik tarzda tekshiradi va natijani foiz hamda ballarda chiqarib beradi. Aqlli pianino planshet bilan birga qulay sharoitda o‘qituvchisiz o‘rganish imkonini beradi.

Foto: Pexels

2018 yilning yanvar oyida yapon kompaniyasi stol tennisini o‘rgatadigan robotni namoyish etdi. Sun`iy idrok o‘yinchi va koptokning harakati haqida uchta kamerada olingan ma`lumotlarni oladi va raqobatchini mag‘lub etishga harakat qiladi. Aqlli robotlar bola koptokni texnik jihatdan qay darajada yaxshi uzatayotgani, kimyo bo‘yicha tajribalarda xavfsizlik qoidalariga rioya etayotgani, geometriyada esa chizmalarni masalaga mos chizayotganini baholaydi.

Kompyuter o‘quvchi to‘g‘risidagi katta hajmdagi ma`lumotni tezda o‘zlashtiradi: kayfiyat, salomatlik holati, reaksiya tezligi va unumdorlik. Bu ma`lumotlar asosida sun`iy idrok moslashuvchan o‘quv dasturini o‘quvchining qiziqishi, qobiliyati va qiyinchiliklaridan kelib chiqib tuzadi.

Kompyuterlar o‘qituvchi kundalik yumushlarining asosiy hajmini o‘ziga oladi: asosiy bilimlarni o‘rgatadi, bilimlarini tekshiradi va ularga javob qaytaradi. Tirik pedagog bola dinamikasini mashina hisobotlari bo‘yicha kuzatadi, shaxsiy maslahatlar beradi va o‘quvchi bilan uning rivojlanish darajasini muhokama qiladi.

Raqam qayerda?

Raqamli ta`lim – modaning o‘zigina emas. Ilovalar bolaga tezroq va osonroq o‘qish va vazifalarni yechish imkonini beradi. Amerikalik tadqiqotchilar uch yil davomida onlayn tarzda o‘qigan 2300 nafar o‘quvchini tadqiq qilishdi. Ular odatiy darslarda bolalar ma`lumotning bor-yo‘g‘i 5 foizini, ta`lim beruvchi saytlar orqali esa - uch marta ko‘prog‘ini eslab qolishlarini aniqlashdi.

Foto: Pexels

Agar bolada muayyan savol yoki muammo bo‘lsa, u yechimni o‘zi internetdan topa oladi. Olimpiada va imtihonlarga tayyorlash kerak bo‘lsa, professional onlayn-o‘qituvchilar yordam beradi. Interaktiv kurslar yoki mashg‘ulotlarda bolalar servis va ilovalardan nomiga emas, ta`lim vazifasini hal etishda foydalanishadi.

Hozircha raqamli ta`lim maktabdan tashqarida mavjud, biroq yaqin yillarda bari o‘zgaradi.


Manba: kun.uz