Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevralda “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi, deb yozmoqda O‘zA.
Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, joriy yil chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
Eslatib oʻtamiz, ilgari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilardi.