13-avgust kuni Fargʻona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari yakunlandi.
✅ Fargʻona viloyatida jami 89 875 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:
- 87 303 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
- 2 524 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;
- 13 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
- 35 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.
✅ Jizzax viloyatida jami 55 942 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:
- 54 545 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
- 1 338 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;
- 15 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
- 44 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.
✅ Navoiy viloyatida jami 39 434 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:
- 38 781 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi;
- 637 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;
- 5 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi;
- 11 nafar abituriyent test sinovlari vaqtida tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlarida test sinovlari davom etmoqda.
Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!
Manba: Davlat test markazining rasmiy telegram kanali: @rasmiydtm