Yaqin-yaqingacha xorijiy davlatlarda ta’lim olgan yurtdoshlarimiz diplomlari «o‘tmagani» uchun uni sandiqqa tashlab qo‘yishdan boshqa chorasi yo‘q edi.
Shu yilning 24-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida NIZOM» tasdiqlandi. Unga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi, bu haqdagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi belgilab qo‘yildi.
Natija qanday?
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi matbuot bo‘limining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida poytaxt viloyati boshqarmasi tuman (shahar) markazlariga xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha jami 823ta murojaat tushgan bo‘lib, shundan 579tasi nostrifikatsiyalandi. Ularning aksariyati esa allaqachon mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashgan.
Manba: xabar.uz