Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari 2023-yil 18-noyabr kuni o‘tkaziladi


Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan 1 smenada tashkil etilib, 14:00 dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.